Асосий Меню

Махсус бўлимлар

Қўшимча бўлим

Амал мавсуми

“Ahlussunna val-jamoa” e`tiqodi (2)

Fasl

– Biz Alloh ta`olo o`z maxluqlariga e`lchilarni yuborgan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “(Alloh ta`olo) payg`ambarlarni yuborganidan so`ng, odamlar uchun Allohning ziyoniga hujjat bo`lmasin uchun jannatdan xushxabarchi va jahannamdan ogohlantiruvchi qilib e`lchilarni yubordi. Alloh aziz va hakim zotdir” (Niso: 165).

– Biz payg`ambarlarning avvali Nuh va oxiri Muhammad sollalohu alayhima va sallam e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi; “Biz sizga Nuh va undan keyingi payg`ambarlarga vahiy qilgandek, vahiy qildik” (Niso: 163);

“Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Sizlarning e`r kishilaringizning otasi e`mas. Balki, U Allohning e`lchisi va payg`ambarlarning so`nggisidir” (Ahzob: 40).

– Biz payg`ambarlarning e`ng afzali Muhammad sollalohu alyhi va sallam, so`ngra Ibrohiym, so`ngra Muso, so`ngra Iyso alayhimussolatu vassalom e`kaniga iymon keltiramiz.Ularning barchasi ushbu oyatda zikr qilingan: “Biz payg`ambarlardan: Sizdan, Nuh, Ibrohiym, Muso va Iyso ibn Mar`yamdan ahdlarini oldik. Biz ulardan qattiq ahdlarni oldik” (Ahzob: 7).

– Biz: ” Muhammad sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariat quyidagi oyatda zikr qilingan payg`ambarlarning olib kelgan shariatlarida bor bo`lgan barcha fazilatlarni o`z ichiga oladi”- deb e`tiqod qilamiz. Alloh ta`olo dedi: “(Alloh ta`olo) sizlarga Nuhga, Sizga vahiy qilganimiz, Ibrohiym, Muso va Iysoga vasiyat qilganimiz: “Dinni barpo qilinglar va dinda tarqoq bo`lmanglar!”- deb shariat qildi” (Shuro: 13).

– Biz barcha payg`ambarlar yaratilganyaralmish bo`lib, ularda bironta ham rububiyat xususiyati yo`q e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo rasullarning birinchisi Nuh alayhissolatu vassalom haqida shunday dedi: “(Nuh): “Men sizlarga: “Allohning xazinalari mening mening huzurimda, men farishtaman”- deb aytmayman. Men g`ayb ishlarini bilmayman”- (dedi)” (Hud: 31).

“Men, hatto, o`zim uchun foyda va zararkeltirishga qodir e`masman. Faqatgina, Alloh hohlasagina keltira olaman” (A`rof: 188);

“Ayting: “Men sizlar uchun zarar berish yoki sizlarni to`g`ri yo`lga solishga e`ga e`masman” (Jin: 21).

– Biz payg`ambarlarning banda e`kanliklari, biroq,Alloh ta`olo ularni payg`ambarlik bilan mukarram qilgani va ularni bandalikning e`ng e`ng oliy maqomi va maqtovlar bilan sifatlagan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo ularning e`ng birinchilari Nuh alayhissolatu vassalom haqida: “Hoy biz kemada Nuh bilan birga qutqargan kishilarning zurriyotlari, Sizlar ham Nuh olib kelgan yo`lga e`rgashinglar! Chunki, Nih shukr qiluvchi bandalardan e`di” (Isro`: 3) – deb, so`ngra payg`ambarlarning e`ng oxirgisi Muhannad sollalohu alayhi va sallam haqida: “Barcha olamlarga ogohlantiruvchi bo`lishi uchun o`z bandasiga Qur`onni indirgan zot buyuk bo`ldi” (Furqon: 1) der e`kan, boshqa payg`ambarlar haqida shynday dedi: “Siz bizning qudrat va ong e`galari bo`lgan bandalarimiz: Ibrohiym, Ishoq va Ya`qublarni e`slang” (Sod: 45);

“Siz, bizning bandamiz, qudrat sohibi Dovudni e`slang. U obid e`di” (Sod: 17).

“Va biz Dovudga Sulaymonni ato e`tdik. U qandayam yaxshi banda va obid e`di” (Sod: 30).

Alloh ta`olo Iyso alayhissolatu vassalom haqida: “- Biz in`om e`tgan va Isroil o`g`illariga namuna qilgan bir bahda, xolos” (Zuxruf: 59).

– Biz Alloh ta`olo Muhammad sollalohu alayhi va sallamning payg`ambarligi bilan payg`ambarlikni tugatgani va Uni butun bashariyat uchun yuborgan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Ayting: “Hoy odamlar men samovot va yerning mulki qo`lida bo`lgan, tiriltiruvchi va o`ldiruvchi, o`zidan boshqa iloh bo`lmagan Allohning barchangiz uchun yuborilgan e`lchisiman. Bas, sizlar Allohga, uning Allohga va uning so`zlariga iymon keltirgan e`lchisiga iymon keltiringlar! Unga e`rgashinglar, shoyad hidoyat toparsizlar” (A`rof: 158).

– Biz rasululloh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariat, Alloh ta`olo bandalari uchun rozi bo`lgan va ulardan undan boshqasini qabul qilmaydigan Islom dini e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Allohning huzuridagi din – Islomdir” (Oli Imron: 19);

“Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor e`tdim” (Moida: 3);

“Islomdan boshqa (narsani) din deb izlagan kishidan bu izlagan narsasi qabul qilinmas. Va u oxiratda ziyonkorlardandir” (Oli Imron: 85).

– Biz: “Bugun Islom dinidan boshqa Alloh ta`olo huzurida maqbul bo`lgan yahudiy, masihiy va boshqa dinlar bo`lishi mumkin, deb o`ylagan kishi kofir bo`lib, undan tavba qilishi talab qilinadi. Agar tavba qilsa yaxshi, bo`lmasa Qur`onni rad e`tgani uchun uchun martad bo`lib, qayl qilinadi”- deb aytamiz.

– Biz: “Muhammad sollalohu alayhi va sallamning payg`ambarligi barcha insoniyat uchun e`kaniga kofir bo`lgan kishi barcha payg`ambarlarga, shu jumladan, o`zi iymon keltirib, e`rgashayotgan payg`ambariga ham kofir bo`libdi”- deb aytamiz. Alloh ta`olo dedi: “Nuhning xalqi

payg`ambarlarni rad e`tdi” (Shuaro: 105).

Alloh ta`olo Nuh alayhissolatu vassalomdan avval biron bir payg`ambar o`tmagan bo`lsada, ularni barcha payg`ambarlarni rad e`tgan deb hisobladi. Alloh ta`olo dedi: “Alloh va uning payg`ambarlariga kofir bo`lgan, Alloh va uning payg`ambarlari o`rtasini ajratmoqchi bo`lgan hamda “Biz ularning ba`zilariga iymon keltirib, ba`zilariga kofir bo`lamiz”- deb, kufr va iymon o`rtasida bir (yangi) yo`l qilmoqchi bo`lgan kimsalar, o`shalargina haqiqiy kofirlardir. Biz ularga xo`rlovchi azobni tayyorlab qo`ydik” (Niso: 150, 151).

– Biz: “Muhammad sollalohu alayhi va sallamdan so`ng payg`ambar bo`lmasligiga, undan so`ng payg`mbarlikni da`vo qilgan yoki payg`ambarlikni da`vo qilgan kishini tasdiqlagan odam kofirdir. Chunki, u Allohni, uning rasuli va musulmonlar ijmo`sini rad e`tgan bo`ladi”- deb iymon keltiramiz.

– Biz: “Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati ichida payg`ambarimizdan ilm, da`vat va musulmonlar ustidan etakchi bo`lib qolgan xalifalari bor. Ularning afzallari Abu Bakr Siddiq, keyingisi Umar ibn Xattob, keyingisi Usmon ibn Affon, keyingisi Aliy ibn Abu Tolibdir (Alloh ularning barchasidan rozi bo`lsin).Ular xalifa bo`lib qoldilar. etuk hikmat sohibi bo`lgan Alloh ta`olo e`ng yaxshi asr uchun ulardan ko`ra yaxshiroq va xalifalikka loyiqroq bo`lgan boshqa kishilar bo`lsa e`di, ularni tanlab olmagan bo`lar e`di”- deb iymon keltiramiz.

– Biz: “Xalifalar bir-birlaridan ba`zi xususiyatlarda ustun bo`lsalarda, ustun bo`lganlari mutlaq fazlga e`ga e`masdir. Chunki, mutlaq fazl Alloh ta`ologagina xos bo`lib, uning sabablari ko`p”- deb iymon keltiramiz.

– Biz: “Bu Ummat ummatlarning e`ng xayrlisi va Alloh ta`olo huzuridagi e`ng mukarramidir”- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Sizlar osamlar uchun chiqarilgan yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltirgan ummat bo`ldingiz” (Oli Imron: 110).

– Biz: “Bu Ummatning ichidagi e`ng yaxshi kishilar sahobalar, tobiinlar va tobiinlarga e`rgashgan kishilardir. Bu ummat ichida bir toifa haqiqat uzra qoladi. Ularni Allohning amri kelguniga qadar yordamsiz tashlab qo`ygan yoki ularga muxolif bo`lgan kishilar ularga zarar bera olmaydilar”- deb iymon keltiramiz.

– Biz: “Sahobalar o`rtasida bo`lib o`tgan fitnalar ularning ijtihodlardagi ta`villari sababli bo`lgan. Ularning qaysi biri to`g`ri ijtihod qilgan bo`lsa, unga bir ajr bo`ladi va uning gunohi kechiriladi”- deb e`tiqod qilamiz. Biz: “Ularning yomonliklaridan ko`z yumish, ularni maqtov va sharaf bilan tilga olish va qalblarimizni ularga bo`lgan gina-adovatlardan pok tutishimiz kerak”- deb aytamiz. Chunki, Alloh ta`olo bunday dedi: “Ichingizdagi Makka fathidan avval infoq va jihod qilgan kishilar(ga boshqa kishilar) teng kela olmas. Ularning Makka fathidan so`ng infoq va jihod qilgan kishilardan ko`ra maqomlari buyukdir. Alloh ularning barchasiga yaxshilikni va`da qildi” (Hadid: 10).

Allho ta`olo biz (musulmonlar haqida) shunday dedi: “Ulardan so`ng kelgan avlodlar: “Robbimiz, bizlarni va bizlardan avval yashab o`tgan do`stlarimizning gunohlarini kechir! Bizlarning qalblarimizda mo`minlarga nisbatan gina-kudurat qo`yma! Robbimiz, sen rahmli va mehribon zotsan”- dedilar” (Hashr: 10).

Fasl

– Biz odamlar ne`matlar yoki azoblar diyoriga kirish uchun qayta tirilishadigan oxirgi kun – qiyomat kuniga iymon keltiramiz.

– Biz Isrofil alayhissolatu vassalom surga ikkinchi marta dam urganida o`liklarning qayta tirilishlariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Surga dam urildi va osmondagi, Alloh hohlagan maxluqlardan boshqa, barcha zotlar behush bo`lib yiqildilar. So`ngra, ikkinchi marta dam urildi. Banogoh ular tik qarab turadilar (Zumar: 68).

Odamlar qabrlaridan poyafzalsiz – yalangoyoq, kiyimsiz – yalang`och, xatnasiz – bus-butun holatlarida robbilari uchun chiqib keladilar. Alloh ta`olo dedi: “Sizlarni avval yaratganimiz holga qaytaramiz. B- Biz uchun zimmamizdagi va`daddir. Biz shunday qilguvchimiz” (Anbiyo: 104).

– Biz bandalarning o`ng, chap va orqa taraflaridan beriladigan nomalariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Nomasi o`ng tarafdan berilgan kishi engil hisob qilinadi va o`z ahliga xursand bo`lib qaytadi. Ammo nomalar orqa tarafdan berilgan kishi o`z halokatini chaqiradi va jahannamga tashlanadi” (Inshiqoq: 7 – 12);

“Biz har bir insonning qilgan amalini o`z bo`yniga ilib qo`yganmiz. (Uning amali o`zidan ajralmasdir). Va qiyomat kunida biz unga ro`baro` bo`ladigan ochiq kitob – amal nomalarini chiqarib ko`rsatamiz. Unga deyiladiki: “Amal nomangni o`qi! Bugun nafsing o`zingga qarshi etarli hisobchidir”” (Isro`: 13, 14).

– Biz qiyomat kunida hech bir maxluqqa zulm qilmaydigan tarozu qo`yilishiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Kim zarracha yaxshilik qilsa, uni ko`rar. Kim zarracha yomonlik qilsa, uni ko`rar” (Zilzol: 7, 8);

“Tarozulari(ning savob pallasi) og`ir kelgan kishilar najot topuvchilardir. Tarozulari(ning savob pallasi) engil jkelgan kishilar, ana o`shalar o`z jonlariga jabr qilgan va jahannamda mangu qoladigan kishilardir. Ularning yuzlarini olov kuydiradi va badbashara qilib tashlaydi” (Mo`minuvn: 102 – 104);

“Kim yaxshilikni olib kelsa, unga u yaxshilikning o`n barobaricha savoblar bor. Kim yomonlikni olib kelsa, yomonligi miqdoricha jazolanadi” (An`om: 160).

– Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o`zigagina berilgan katta shafoatga iymon keltiramiz. Alloh ta`oloning huzurida, Alloh ta`oloning izni bilan, boshlariga toqat qilib bo`lmaydigan musibat etganida Odam, Nuh, Ibrohim va Iyso alayhimussolatu vassalomlarning oldilariga borganlaridan so`ng, huzuriga kelgan odamlar o`rtasida hukm qilishlari uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ushbu shafoat beriladi.

– Biz jahannamga kirgan mo`minlarni jahannamdan chiqarish uchun beriladigan shafoatga iymon keltiramiz. Bu shafoat – payg`ambarimiz (Muhammad) sollalohu alayhi va sallam, boshqa payg`ambarlar va mo`minlar va farishtalarga ham beriladi. Bundan tashqari, Alloh ta`oloning o`zi ham shafoatsiz, o`z fazli va karami bilan ko`p mo`min bandalarini chiqarishiga iymon keltiramiz.

– Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallamga berilgan Havzga iymon keltiramiz. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, mushk-anbardan xushbo`y, uzunligi va e`ni bir oylik yo`l, idishlari chiroyi va ko`pligida samo yulduzlari kabidir. Mo`minlra bu Havzga keladilar. Undan suv ichgan kimsa hech qachon chanqamaydi.

– Biz jahannam uzra qurilgan ko`prik – Sirotga iymon keltiramiz. Uning ustidan odamlar qilgan amallariga qarab: ba`zilar chaqnagan chaqmoqdek, ba`zilar e`sgan shamoldek, ba`zilar uchgan qushdek o`tib boradilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam e`sa ko`prik boshida turib: “Robbim, qutqar”- deya yolborib turadilar. Ba`zi bandalarning (yaxshi) amallari oz bo`lgani uchun ko`prik ustidan e`maklab o`tadilar. Sirotning ikki tarafida Alloh ta`olo tarafidan buyurilgan osig`liq changaklar bor. Ular amr e`tilgan odamni tutib qoladilar. Sirotdan o`tgan odam qutulibdi, yiqilgan odam jahannam uchun tutilibdi.

– Biz qiyomat kuni va uning dahshatlari haqida Allohning Kitobi va rasululloh sollalohu alayhi va sallamning sunnatlarida kelgan har bir xabarga iymon keltiramiz. Alloh bizni u kundagi balolardan saqlasin!

– Biz rasululloh sollaohu alayhi va sallamning o`zigagina berilgan va jannat ahllarining jannatga kirishlari uchun qiladigan shafoatlariga iymon keltiramiz.

– Biz jannat va jahannamning bor e`kaniga iymon keltiramiz. Jannat – Alloh ta`oloning taqvoli mo`min bandalari uchun tayyorlab qo`ygan, quloq e`shitmagan va insonning xayoliga kelmagan turfa ne`matlar bo`lgan diyordir. Alloh ta`olo dedi: “Hech bir jon qilgan amallari e`vaziga o`zi uchun berkitib qo`yilgan quvonchlarni bilmaydi” (Sajda: 17).

Jahannam e`sa, zolim kofirlar uchun Alloh ta`olo tayyorlab qo`ygan inson xayoliga kelmagan turfa qiynoqlar diyoridir. Alloh ta`olo dedi: “Biz zolimlar uchun jahannamni tayyorlab qo`ydikki, olovi ularni o`rab turadi. Ular yordam istasalar, yuzlarni pishiradigan suvlar beriladi. Bu qanday yomon sharob va yomon joy-a?” (Kahf: 29).

Jannat va jahannam hozir ham bor va hech qachon foniy bo`lmaydi. Alloh ta`olo dedi: “Alloh Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilarni ostlaridan daryolar oqib o`tadigan va kirganlar (mangu) qoladigan jannatlarga kiritadi” (Taloq: 11);

“Alloh ta`olo kofirlarni la`nat qildi va ular uchun mangu qolishadigan jahannamni tayyorlab qo`ydi. Ular u yerda yordamchi ham, do`st ham topa olmaslar. Ularning yuzlari olovga burilgan kunda: “Allohga va payg`ambarga itoat e`tsak koshki e`di” deydilar” (Zuxruf: 64, 65).

– Biz: “Jannat – Allohning Kitobi va sunnatda ochiq yoki sifatlar bilan ishora qilingan kishilar uchundir”- deb guvohlik beramiz. Abu Bakr, Umar, Usmon, Aliy va ulardan boshqa rasululloh sollallohu alayhi va sallam xabar bergan kishilar uchun aniq, barcha taqvoli va iymonli kishilar uchun e`sa belgilari bilan guvohlik beramiz.

– Biz: “Jahannam Allohning Kitobi va sunnatda aniq va belgilari bilan lshora qilingan kishilar uchundir”- deb guvohlikberamiz. Abu Lahab, Amr ibn Luhay Huzoiy va boshqalarga aniq, har bir kofir, katta shirk amalini qilgan mushrik va munofiq uchun e`sa belgilari bilan guvohlik beramiz.

– Biz qabr sinovi (fitnasi)ga iymon keltiramiz. U e`sa mayyit-o`likning o`z qabrida robbisi, dini va payg`ambari haqida so`roqqa tutilishidir. Alloh ta`olo dedi: “Alloh ta`olo iymon keltirgan kishilarni bu dunyo va oxiratda o`zgarmas so`z bilan sobitqadam qiladi” (Ibrohim: 27).

Mo`min berilgan savollarga: “Robbim – Alloh, dinim – Islom va payg`ambarim – Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir”- deb javob beradi. Kofir e`sa: “Bilmauman, odamlar nima desalar, men ham o`sha so`zlarni aytar e`dim”- deydi.

– Biz: “Qabr ne`matlari mo`min uchundir”- deb iymon keltiramiz. Allho ta`olo dedi: “Gunohdan pok hollarida jonlari olinmish insonlarga farishtalar: “Sizlarga tinchlik bo`lsin! Qilgan amallaringiz e`vaziga jannatga kiringlar”- deydilar” (Nahl: 32).

– Biz: “Qabr qiynoqlari zolim kofirlar uchundir”- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Siz zolimlarni o`lim talvasasida ko`rsangiz e`di. Farishtalar qo`llarini ochib: “Jonlaringizni chiqaringlar! Allohga nohaq so`zlarni aytganingiz va uning oyatlaridan yuz o`girganingiz uchun bugun xorlik azobi bilan “mukofotlanasizlar”- deydilar” (An`om: 93).

– Bu to`g`rida ko`plab hadislar bor. Mo`min Allohning Kitobi va sunnatda kelgan bunday g`aybiy ishlarga iymon keltirishi va bu dunyoda o`rgangan narsalari bilan unga qarshi cgiqmasligi kerak. Chunki, o`rtalarida katta farq bo`lsada, oxirat ishlari dunyo ishlari bilan qiyoslanmaydi. Alloh gunohning barcha yo`llaridan saqlasin!

Fasl

– Biz taqdir (qadar)ning yaxshi va yomoniga iymon keltiramiz. Taqdir Alloh ta`oloning o`tgan ilmi va taqozo e`tgan hikmati bilan maxluqlar uchun qo`ygan o`lchovidir.

Taqdirning to`rt bosqichi bor:

-Birinchi bosqich: Ilm.

Biz Alloh ta`oloning barcha narsalarni biluvchi e`kaniga, U bo`lgan va bo`ladigan barcha narsalarni bilgan, Uning bilishi azaliy va abadiy bo`lib, bo`lmaganidan so`ng bilim yoki bilganidan so`ng unutish bo`lmasligiga iymon keltiramiz.

-Ikkinchi bosqich: Yozish.

Biz Alloh ta`olo qiyomat kuniga qadar bo`ladigan barcha narsalarni “Lavhul-Mahfuz”ga yozib qo`ygan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: “Siz Alloh ta`olo Yer va Osmondagi barcha narsalarni bilishi, bu e`sa Kitobda yozilgan hamda bu ishlar Allohga oson e`kanini bilmaysizmi?!” (Haj: 70).

-Uchunchi bosqich: Hohish.

Biz: “Alloh ta`olo samovot va yerdagi barcha narsani o`z hohishi bilan yaratdi. Barcha narsa uning hohishi bilan bo`ladi. Alloh hohlagan narsa bo`ladi va hohlmagan narsa bo`lmaydi”- deb iymon keltiramiz.

-To`rtinchi bosqich: Yaratish.

– Biz: “Alloh ta`olo barcha narsaning yaratuvchisi, barcha narsaga vakil va samovot va yerning kalidlari uning” e`kaniga iymon keltiramiz.

-Bu to`rt bosqich Alloh ta`olo va bandalari tomonidan sodir bo`ladigan barcha narsalarni o`z ichiga oladi.

Bandalar tomonidan sodir e`tilgan va e`tilmagan ishlar va so`zlar Alloh uchun ma`lum, Allohning huzurida yozilgan, Alloh uni hohlagan va yaratgandir. Alloh ta`olo dedi: “Sizlarning ichingizdagi hohlaganingiz to`g`ri yo`lda yursin! Sizlar olamlar robbisi – Alloh hohlasagina hohlaysizlar” (Takvir: 28, 29);

“Agar Alloh hohlasa bir-birlariga urush qilmas e`dilar. Lekin, Alloh hohlaganini qiladi” (Baqara: 253);

“Agar Alloh hohlamasa ular qilmas e`dilar. Ularni o`z iftirolari bilan qo`ying” (An`om: 137);

“Aloh sizlarni va sizlar qilgan amallarni yaratdi” (Soffot: 96).

– Biz, shu bilan birga, Alloh ta`olo bandaga amal sodir bo`ladigan hohish va ixtiyorni berganligiga iymon keltiramiz.

Bandaning ishlari o`z hohish va ixtiyori bilan sodir bo`lishiga quyidagi dalillar bor:

-Birinchi: Alloh ta`oloning so`zlari.

“”Ziroatgohingiz”ga hohlagan tarafingizdan yaqinlik qiling!” (Baqara: 223);

“Agar hohlasalar e`di, tayyorgarlik ko`rar e`dilar” (Baqara: 286).

Alloh ta`olo banda uchun hohish-istak va tayyorlanish haqqini isbot e`tdi.

-Ikkinchi: Bandaga amr va ta`qiqni yo`llash.

Agar bandaning ixtiyori va hohishi bo`lmasa e`di, taklif – majburiyat bo`lar e`di. Bu e`sa Alloh ta`oloning hikmati va rahmati taqozo e`tmagan ishdir.

Alloh ta`olo dedi: “Alloh har bir jonga o`z toqatiga loyiq majburiyat bergan” (Baqara: 286).

-Uchunchi: Yaxshilik qilgan kishini qilgan yaxshiligi uchun maqtash, yomonlik qilgan kishiniqilgan yomonligi uchun mazammat qilish va har ikkisiga loyiq bo`lgan mukofortlarni berish.

Agar amal bandaning istak-hohishi bilan bo`lmasa e`di, yaxshilik qilgan kishini maqtash abas, yomonlik qilgan kishini jazolash zulm bo`lgan bo`lar e`di. Alloh bunday abas va zumdan pokdir.

-To`rtinchi: Alloh ta`olo “Xabarchi va ogohlantiruvchi bo`lagn payg`ambarlarni, ulardan so`ng odamlar uchun Allohning ziyoniga hujjat bo`lmasin uchun” (Niso: 165) yubordi.

Agar bandaning qilgan ishlari o`z istak-hohishi bilan bo`lmasa e`di, payg`ambarlarni yuborish bilan hujjat botil bo`lmas e`di.

-Beshinchi: Har bir odam o`zining qilgan yoki tark e`tgan ishlarini biron bir majbur qilgan kuchni his e`tmay bajaradi. U o`z hohishi bilan turadi, o`tiradi, kiradi, chiqadi va safar qiladi. Biroq, bu ishlarida zo`rlovchi kuchni his e`tmaydi. Balki, u voqe`da bir ishni o`z hohishi bilan biron bir kuch ta`siri ostida majburlik bilan, qilish o`rtasini butunlay ajrata oladi.

Xuddi shiningdek, shariat ham bu ikki holat o`rtasini hikmat bilan ajratdi va Allohning haqqiga majburlik ostida ginohkor bo`lgan bandaga jazo belgilamadi.

– Biz: “Osiy odam o`z osiyligiga Allohning taqdirini hujjat qilishi mumkin e`mas”- deb aytamiz. Chunki, osiy Alloh ta`oloning osiylik qilishini taqdir qilishini bilishdan avval o`z ixtiyori bilan qiladi. Zero, har bir kimsa Alloh ta`oloning taqdirini sodir bo`lganidan so`nggina biladi. Alloh ta`olo dedi: “Hech bir jon e`rtaga nima kasb qilishini bilmaydi” (Luqmon: 34).

Shunday e`kan, osiylar Allohning taqdirini o`z gunohlariga hujjat qilishlari to`g`ri bo`ladimi? Holbuki, Alloh ta`olo bu hujjatni bekor qilib shunday dedi: “Mushriklar tezda: “Alloh hohlamasa, biz va bobolarimiz Allohga sherik qilishmas va biron narsani harom qilmagan bo`lur e`dik”- dedilar. Ulardan avval yashab o`tgan kishilar ham shunday degan e`dilar. Biz ularga o`z balolarimizni totitdik. Siz ayting: “Sizlarning bizlar uchun chiqaradigan ilmingiz bo`lsa, chiqaringlar! Sizlar gumongagina e`rgashayapsizlar. Sizlar nima deganingizni bilmaysizlar”” (An`om: 148).

– Biz taqdirni hujjat qilib, osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: “Sen nega Allohning taqdirini hujjat qilib, senga farz qilingan toat-ibodatga kirishmaysan? Zero, bu bilan sening osiyligingga taqdirni hujjat qilishing o`rtasida nomailum taqdirga nisbatan hech qanday farq yo`q. Shuning uchun ham rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga har bir kishining jannat va jahannamdagi joyi belgilab qo`yilganining xabarini berganlarida sahobalarning: “Unday bo`lsa u narsaga suyanib, amal qilmaylik”- degan so`zlariga rasululloh sollalohu alayhi va sallam: “Yo`q, amal qilinglar! Har bir kishi o`zi yaratilgan (joy) uchun muyassar qilinadi”- dedilar”.

– Biz taqdirni hujjat qilib osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: “Agar sen Makka shahriga bormoqchi bo`lsang va unga olib boradigan ikki yo`l bo`lsa, ishonchli odamlardan biri: “Bu yo`l mashaqqatli, bunisi e`sa qulay” desa, tabiiyki, ikkinchisini tanlaysan. “Menga taqdir qilingan yo`l shu e`kan”- deb birinchi yo`ldan ketmaysan. Agar ketsang, telbalar safiga kirib qolasan”.

– Biz taqdirni hujjat qilib, osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: “Agar senga ikki ish taklif qilinib, ulardan biri ikkinchisidan ko`ra tartibliroq bo`lsa, uni tanlaysan. Shunday e`kan, nega e`ndi oxirat uchun ishlash maydonida e`ng pastkash yo`lni tanlaysan”.

– Biz yana shunday deymiz: “Agar bemor bo`lsang tabiblar e`shigini qoqasan va qilingan jarrohiy amaliyot (operatsiya)lar hamda dorilarning achchiqligiga sabr qilasan. Xo`sh, nega gunohlar bilan xastalangan qalbingga unday qilmaysan?”.

– Biz: “Alloh ta`ologa hikmati va rahmati barkamol bo`lgani uchun yomonlik nisbatlanmaydi”- deb iymon keltiramiz. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: “(Ilohim), yomonlik senga nisbat e`tilmas”- dedilar. Alloh ta`oloning qazosida yomonlik yo`qdir. Balki, qazo Allohning rahmati va hikmatidan sodir bo`lgandir. yomonlik o`z taqozosiga qarab bo`ladi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam Hasan raziyallohu anhuga “Qunut duosi” ni o`rgatar e`kanlar: “Va qiniy sharra ma qozayta” (Va meni qilgan qazoingning yomonliklaridan saqla)”- dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam yomonlikni Allohning qilgan qazosiga bog`ladilar. Shunday bo`lsada, yomonlik faqatgina yomonlik e`mas. Balki, yomonlik sabablardadir. Yomonlik bir o`rinda bir jihatdanda yomonlik bo`lishi, va boshqa jihatdan yaxshilik bo`lishi va boshqa bir o`rinda e`sa faqat yaxshilik bo`lishi mumkin. Kasallik, qurg`oqchilik, faqirlik va xavf kabi fasodlar yer yuzida yomonlik, biroq, bir o`rinda yaxshilikdir. Alloh ta`olo dedi: “Quruqlik va dengizda fasod qilgan ayrim ishlarini totitish uchun odamlarning qo`llari qilgan narsa sabablidir. Shoyad, ular (Allohning yo`liga) qaytsalar” (Rum: 41).

Zoniyni savalash va o`g`rining qo`lini kesiah har ikkisi uchun alamli bo`lsada, boshqa bir tarafdan yaxshilikdir. Chunki, bu jazolar ularning qilgan gunohlari uchun kafforot bo`ladi va qiyomat kuni dunyo va oxitrat jazolari bir bo`lgan kunda jazolanmaydi. Boshqa tarafdan e`sa, jazolar ortida mulklar, nomuslar va nasablarni himoya qilish yotadi.

Fasl

– Bu – buyuk asoslarni o`z ichiga olgan e`tiqod bo`lib, uni abul qilgan kishilar uchun katta va ko`p samaralar beradi.

– Alloh ta`ologa va uning ism va sifatlariga iymon keltirish – bandaga Allohning amrlarini bajarish va ta`qiqlaridan saqlanish bilan birga, Alohni sevish va ulug`lashni samara qilib beradi. Alloh ta`oloning amrlarini bajarish va ta`qiqlaridan saqlanish e`sa, jamiyatlar va shaxslar uchun dunyo va oxiratning baxt-saodatini samara qilib beradi. Alloh ta`olo dedi: “Mo`min bo`la turib yaxshi amallarni qilgan e`rkak yoki xotinni shirin hayotga tiriltiramiz va uni qilgan ishlaridan ko`ra yaxshiroq bo`lgan savoblar bilan mukofotlaymiz” (Nahl: 97).

– Farishtalarga iymon keltirishning samaralari

Birinchi: Alloh ta`olo va Alloh ta`oloning quvvati va saltanatining buyukligini bilish.

-Ikkinchi: Alloh ta`oloning bandalarga bo`lgan e`tiboriga shukronalar aytish. Chunki, Alloh ta`olo ularni himoya qilish, ularning amallarini yozish va boshqa manfaatlari uchun farishtalarni vakil qildi.

-Uchunchi: Alloh ta`ologa qilgan komil ibodatlari va mo`minlar uchun qilgan istig`forlari e`vaziga farishtalarni sevish.

– Ilohiy kitoblarga iymon keltirishning samaralari

-Birinchi: Alloh ta`oloning o`z maxluqlariga bo`lgan buyuk marhamati va e`tiborini bilish. Chunki, Alloh ta`olo har bir maxluqni hidoyat qilish uchun kitoblar nozil qildi.

-Ikkinchi: Alloh ta`oloning hikmatining zohir bo`lishi. Chunki, Alloh ta`olo har bir xalqqa munosib bo`lgan kitobni indirdi. Bu kitoblarning e`ng so`nggisi bo`lgan Qur`on Karim zamon va makonidan qat`iy nazar, har bir xalqqa munosibdir.

-Uchunchi: Alloh ta`ologa bu ne`matlar uchun shukr aytish.

– Payg`ambarlarga iymon keltirishning samaralari

-Birinchi: Alloh ta`oloning o`z maxluqlariga bo`lgan buyuk marhamati va e`tiborini bilish. Chunki, Alloh ta`olo o`z bandalariga to`g`ri yo`lni ko`rsatadigan payg`ambarlarni yubordi.

-Ikkinchi: Allohga bu ne`matlar uchun shukr aytish.

-Uchunchi: Payg`ambarlarni sevish, hurmat qilish va ularni loyiq bo`lgan suratda maqtash. chunki, ular Alloh ta`oloning e`lchilari va bandalarining sarasi bo`lib, Alloh ta`ologa ibodat va bandalariga nasihat qildilar. Allohning payg`omini etkazdilar va bu yo`lda sabr qildilar.

– Oxiratga iymon keltirishning samaralari

-Birinchi: Oxirat kunidagi savoblarga e`rishish uchun Alloh ta`oloning toatiga, jazolaridan qo`rqib e`sa ta`qiqlaridan saqlanishga harislik.

-Ikkinchi: Mo`minga oxiratdagi savob va ne`matlarni umid qilishi bilan dunyoda e`risha olmagan ne`mat va mukofotlar berish bilan tasalli berish.

– Taqdirga iymon keltirishning samaralari

-Birinchi: Sabablarni qilish paytida Alloh ta`ologa suyanish. chunki, sabab va sabablantirilgan narsaning har ikkisi Alloh ta`oloning qazosi va qadari bilan bo`ladi.

-Ikkinchi: Nafs rohati va qalb xotirjamligi. Chunki, qalb bir narsaning Allohning qazosi bilan bo`lishi, yoqtirmagan ishlarning muqarrar ravishda bo`lishini bilsa rohatlanadi va Alloh ta`oloning qazosiga rozi bo`ladi. Biror kimsa Alloh ta`oloning taqdiriga iymon keltirgan kishilar kabi xotirjam va rohatda yashay olmaydi.

-Uchunchi: Maqsadga e`rishilgan payt g`ururni ketkazish. Zero, e`rishilgan ne`mat Alloh taqdir qilgan sabab va muvaffaqiyat bilan qo`lga keladi. Buni bilgan odam ne`matlarni berga Alloh ta`ologa shukronalar aytib, o`zidan mag`rurlanishni ketkazadi.

-To`rtinchi: Maqsad qo`ldan ketgani yoki boshga musibat etganida bezovtalik va jahlni ketkazish. Chunki, u narsalarning barchasi samovot va yerning mulk sohibi bo`lgan Alloh ta`oloning qazosi bilan bo`lgan va bo`lishi muqarrar e`di. Shuning uchun u odam Allohning qazosiga sabr qiladi va savob umidida bo`ladi. Bunga Alloh ta`oloning ushbu oyati ishora qiladi: “Yer va o`zingizga etgan musibat yaratishimizdan avval Allohning kitobida bor e`di. Bu ish Alloh uchun osondir. Toki sizlar qo`llaringizdan ketgan narsaga qayg`urmagaysiz va Alloh ato e`tgan narsalar bilan mag`rurlanib ketmagaysiz. Alloh ta`olo kibr va havoga berilgan va maqtanchoq odamlarni suymas” (Hadid: 22, 23).

Biz Alloh ta`olodan bizlarni shu e`tiqodda sobitqadam qilishi, bizlar uchun uning samaralarini ro`yobga chiqarishi, o`z fazlini ziyoda qilishi, qalblarimizni hidoyat qilganidan so`ng adashtirmasligi va o`z rahmatidan berishini so`raymiz. U in`omlar ato e`tuvchi zotdir.

Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar yo`llasin.

Ushbu risola Muhammad ibn Solih Usaymin tarafidan hijriy 1404 yil shavvol oyining 30- kuni yozilib, nihoyasiga etkazildi.

Сиз учун танладик

Шайх Абдулвалий Қори “Душанба кунлик дарслар” силсиласи

Андижон жоме мадраса-масжидининг имом хатиби устоз Абдулвалий қори. № Дарснинг номи Нусха олиш 1 Ихлос RM MP3 2 Аллоҳ йўлида...
Read More

Омонат (2)

Инсоннинг ўзи ва ўзгалар ўртасидаги нарсалардаги омонат Бу омонат хоҳ мол хоҳ бошқа нарса бўлсин инсонларнинг сизга топширган нарсаларини ва...
Read More

Омонат

Абдуллоҳ ибн Абдурраҳмон ал-Жибрин
Аллоҳ субҳанаҳу ва таолога ҳамду санолар айтамиз, ундан бизни мағфират қилишини сўраймиз. Гувоҳлик бераманки Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқ, У ёлғиз ва шериксиз зотдир. Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам унинг қули ва элчисидир. У кишига, аҳли ва асҳобларига Аллоҳнинг раҳмати ва саломи бўлсин.

Аммо баъд:

Албатта омонат ҳақида сўзлаш катта аҳамиятга эга. Чунки у бир томондан Аллоҳ ва банда ўртасидаги нарсага, иккинчи томондан банда билан банда ўртасидаги нарсага алоқадор. Мазкур омонатни адо этишда бандага мадад берадиган сабабларни баён этамиз.
Read More

ҲИЖОБ НИМА УЧУН КЕРАК?

ҲИЖОБ НИМА УЧУН КЕРАК? بِسْمِ اللهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ СЎЗ БОШИ Барча оламларнинг ҳукмдори, меҳрибон ва раҳмли, қиёмат кунининг подшоҳи бўлмиш...
Read More

Кутубус-ситта Олти китоб


Алхамду лиллах вассолату вассаламу ала росулиллах.

Кутубус-ситта муаллифлари куйидаги зотлар:


Имом Бухорий (194-256 хижрий)
Имом Муслим (204-261 хижрий)
Имом Абу Довуд (202-275 хижрий)
Имом Тирмизий (209-279 хижрий)
Имом Насоий (215-300 хижрий)
Имом Ибн Можа (209-273 хижрий)



Уларнинг хар бирини сизга кискача килиб таништириб ўтсам:

1. Имом Бухорий.

У зот Абу Абдуллох Мухаммад ибн Исмоил ибн Иброхим ибн Мугийра ибн Бардизба Жуъфий Бухорийдир.

Имом Бухорийнинг катта бобоси Мугийра Бухоронинг волийси Ямон Жуъфийнинг кўлида исломга кирган шунинг учун Жуъфий деб нисбат берилган (буни вилоят, мавло дейилади).

Имом Бухорий хижрий 194 - йилда Бухоро шахрида тугилди. Етим бўлиб ўсдилар.
Read More

Аҳли суннага мактуб (давоми)

Шайх Сафар ибн Абдурраҳмон Ҳаволий
Абдуллоҳ Шариф таржимаси
Абу Закария ал-Маданий таҳрири
(Давоми)

3)Улар ўзгармас бирламчи аҳкомларни ва умумий қоидаларни иккинчи даражали (тасодифий) ҳукмлар ва муайян воқеалар сабабли бекор қилиб юбормайдилар. Қуръон оятлари ва саҳиҳ ҳадислар ила собит бўлган умумий қоидалардан бири, мусулмонларнинг иттифоқ бўлиши вожиблигидир. Бидъатчи ёки фосиқдан юз ўгириш эса иккинчи даражали (тасодифий) аҳкомлардан ҳисобланади. Бироқ, юз ўгириш фойда қилмаслиги маълум бўлса, бунга амал қилинмайди. Демак бу ўзгарувчан ва турли ижтиҳодларни қабул қила оладиган масаладир.
4)Ким улар каби намоз ўқиса, қиблаларига юзланса ва сўйган гўштларидан еса, у ўшалардандир.
Read More

Аллоҳ ризқ берувчи зот

Хулоса Аллоҳнинг борлигига иймон келтириш инсон табиатига ўрнатиб қўйилган, унинг ич-ичидан жўшиб чиқадиган туйғудир. Мусулмон киши ўзидаги шу табиий иймонни...
Read More

Аҳли суннага мактуб

Шайх Сафар ибн Абдурраҳмон Ҳаволий Абдуллоҳ Шариф таржимаси Абу Закария ал-Маданий тасҳиҳи ва таҳрири بسم الله الرحمن الرحيم Сафар ибн...
Read More

Даҳрийлик (атеизм) хатари ва даҳрийларга эслатма

"Илҳод" – "даҳрийлик" хатари ва даҳрийларга эслатма ҳақидаги бўлим[1] Аллоҳдан тавфиқ сўраган ҳолда айтаман: Арабча "илҳод" сўзи "оғиш" маъносида бўлиб,...
Read More

Даъватчига оид савол-жавоблар

Барча мақтовлар Аллоҳгагина хос, У зотни мақтаймиз, Ундан мадад сўраймиз, Унга истиғфор айтамиз, Аллоҳдан нафсларимиз ва амалларимиз ёмонлигидан паноҳ тилаймиз....
Read More

Аёллар учун махсус дарслар

Энг кўп кўрилган

Янги китоблар

Саҳифамизда нашр этилаётган барча нарсалардан шахсий фойдаланиш учун руҳсат этилади. Саҳифамиз материалларидан фойдаланилган ўринларда www.islomnuri.org дан олинди деб кўрсатилиши, мустасно ўринларда бизга маълум қилиниши шарт. Материаллардан Аллоҳ йўлида фойдаланиш учун ҳуқуқлар чекланмаган. Тижорат учун фойдаланиш мумкин эмас.